Mediatanqid texnologiyasi. Talabalarda mediamadaniyatni rivojlantirishda ularning mediama’lumotlarni tanqidiy baholay olishi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kundagi katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘lajak muhandis-pedagoglardan bilim, ko‘nikma va tajribalar kerakligini taqozo etadi.

Quyida topshiriq misolida mazkur texnologiya mazmuni keltirib o‘tamiz:

TOPSHIRIQ. Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan izohlarni tanqidiy baholang hamda o‘quvchilar uchun kamida 250-300 ta so‘zdan iborat xulosa shakllantiring. Xulosa shakllantirishda uning ta’sirchanligi, tushunarliligi hamda bayon qilish uslubiga e’tibor qarating.

 

Tadqiqot ishi doirasida mazkur texnologiyadan foydalanildi. Talabalar tomonidan bajarilgan topshiriqlar natijasida shakllantirilgan xulosalardan namuna quyida keltirilgan:

Internet xuddi virtual durbinga o‘xshaydi. U orqali dunyoning boshqa burchagini bemalol ko‘ramiz. Deylik, hozirning o‘zidayoq qaysidir nuqtadagi qandaydir kichik millatning hayot tarzi va madaniyati bilan tanishish mumkin. Xuddi shunday biz ham boshqa xalqlarning “tasvir obyekti” bo‘la olamiz. O‘ylab ko‘ring, xalqimizning ma’naviyati va saviyasi borasida o‘zgalarda qanday taassurot qoldira olamiz?!

Umuman, ma’naviyatimiz va saviyamiz haqida uzoq gapirish mumkin. Masalaga qaysi tomondan kelish haqida uzoq o‘yladik va tahlil obyekti sifatida ijtimoiy tarmoqlarni ya’ni, YouTube platformasi va Instagram tarmog‘ini tanladik. Ayni damda bu platformalardagi noodatiy va saviyasiz izohlarni tasniflashga harakat qilamiz.

Men birinchiman… Men esa ikkinchi…

Sahifaga video yoki post yuklanishi bilan birinchilardan izoh yozishga qiziqadiganlar bor. Yetmaganiga ular qoyilmaqom ishni bajargandek men birinchiman, men ikkinchiman deb maqtanishni ham o‘zlariga ep ko‘rishadi.

Tabiiyki, bu izohlar muallifga hech qanday manfaat keltirmaydi, faqatgina ayrim yurtdoshlarimiz oldida kulgiga qoladi.

Hammasi layk uchun…

Ijtimoiy tarmoqlardagi yirik tendensiyalardan biri “layk”lar ortidan quvishdir. Aynan “layk”ni maqsad qilgan internet foydalanuvchilari turli mazmundagi izohlardan foydalanishadi:

-       iltimos, menga layk bosing;

-       ota-onasini hajga olib boraman deganlar layk bossin;

-       ota-onamni yaxshi ko‘raman deganlar layk bosing, qani, necha kishi ekanmiz;

-       layk bosgan odamning puli ko‘payib ketsin…

Izoh uchun bosilgan “layk” sahifa egasiga deyarli manfaat keltirmaydi. Bu odat shunchaki bemaqsadlik va yuzaki fikrlash orqali paydo bo‘lgan.

 

Mazkur texnologiya ma’naviy-ma’rifiy faoliyat doirasida qo‘llash maqsadga muvofiq. Texnologiyaning samaradorligi quyidagi baholash mezonlari asosida baholandi:

BAHOLASH MEZONLARI

Samaradorligi, % da

1

Texnologiya kasbiy-pedagogik faoliyatimda qo‘llash uchun mazmunan qo‘l keladi.

84

2

Texnologiyadan foydalanish mediamadaniyatni rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoit yaratadi.

88

3

Texnologiya fan mazmunini didaktik jihatdan maqsadga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

86

4

Texnologiya mediamanbalardan foydalanish, taqqoslash hamda ta’lim maqsadidan kelib chiqqan holda foydalanishni ta’minlaydi.

90