“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanining  mazmuni, pedagogik oliy ta’lim uchun zarurati hamda xususiyatlari medianing kasbiy (faoliyatga yo‘naltirish, didaktik resurs, innovatsion va kreativ fikrlash, manbalarga asoslanish) hamda shaxsiy (axborot xavfsizligi va mas’uliyat, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy mas’uliyat va muloqot, ijodiy qobiliyat) rivojlanishdagi mental xususiyatlarini adaptiv qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;

“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fani mazmunini rivojlantirishning bosqichlari, kasbiy-pedagogik faoliyat va shaxsiy rivojlanish bilan uzviylik jihatlari media savodxonlik va axborot madaniyatning rivojlanish ko‘rsatkichlari (mediabilimdonlik, mediaiste’molchilik, mediatanqid, mediaraqobat, mediakreativlik), media savodxonlik va axborot madaniyatni rivojlantirishning ustuvor (innovatsion, metodik, kasbiy, pedagogik, didaktik, individual) yo‘nalishlari refleksiv usullarni ratsional dualizatsiya muhitiga joriy etish asosida takomillashtirilgan;

“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fani vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarningmedia savodxonlik va axborot madaniyatni rivojlantirishning amaliy mexanizmlari oliy ta’lim muassasalarida media madaniyatni rivojlantirishning texnik-tashkiliy jihatlari (media madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan integrativ hamda kreativ faoliyat, media-didaktik kompetentsiyani rivojlantirishga qaratilgan faoliyat), o‘quv jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga singdirilgan texnologiyalar va metodlar (ilmiy-ma’rifiy media loyiha, media-workshop, media haftalik, media burchak, media tanlovlar) funksional didaktika qoidalariga ko‘ra implemintatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;

Pedagogik oliy ta’limda “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli medianing kontekstual tahlili (ilmiy, pedagogik, kasbiy, didaktik, shaxsiy, g‘oyaviy), axborot madaniyatini rivojlantirishning amaliy texnologiyalari (ilmiy-ma’rifiy media loyiha, media-workshop, media haftalik, media burchak) hamda rivojlantirish ko‘rsatkichlari (mediabilimdonlik, media savodxonlik, mediatanqidchi, mediaraqobat, mediakreativlik) adaptiv qo‘llash hamda kompetentsiyaviy talablariga ustuvorlik berish asosida samaradorligini takomillashtirilgan.