Qat’iy yo‘naltirilgan ta’lim. O‘rganish jarayonida media vositalariga chalg‘imaslik uchun qat’iy maqsad asosida faqat o‘rganish faoliyatiga diqqat-e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Misol uchun, agar talaba biror loyiha ustida ishlayotgan bo‘lsa, shaxsiy kompyuterdagi barcha qo‘shimcha chalg‘ituvchi dasturlarni berkitib qo‘yishi, mobil telefonini ko‘zga ko‘rinmas joyga olib qo‘yishi samara beradi.